Vazirlar Mahkamasining “Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni buzish natijasida huquq egalariga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlash hamda qoplash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi.
Nizom bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni buzish natijasida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni buzish natijasida huquqlari buzilgan shaхslarga etkazilgan zararni qoplash.
Loyiha bilan quyidagilar taklif qilinmoqda:
- yetkazilgan zarar intellektual mulk ob’yekti huquq egasiga tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida, agar bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda tegishli sudlarning qarorlari asosida qoplanadi;
- qonunchilikka muvofiq intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni buzish natijasida intellektual mulk ob’yekti huquq egasiga yetkazilgan zararni qoplash ushbu qonunbuzilishlarni sodir etgan shaхslar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova.