Uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi “Issiqlik ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini qayta ishladi, u QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirilgan. Koʻp joylari toʻldirildi va tuzatildi, biroq iste’molchilarning hamma takliflari ham inobatga olinmagan (oldingi loyihaning sharhi – bu yerda).
Qonunni ishlab chiqish Prezidentning 2.12.2019 yildagi “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korхonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4542-son qarorida nazarda tutilgan.
Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
- shaharlar va boshqa aholi punktlari issiqlik ta’minoti sхemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- DXShni rivojlantirish;
- qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish;
- zamonaviy issiqlik tarmoqlarini joriy etish uslublari boʻyicha issiqlik energiyasini tashish paytidagi yoʻqotishlarni kamaytirish va boshqalar.
Qonun loyihasi hozirda mavjud boʻlmagan issiqlik ta’minoti sohasida munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yagona tizimini yaratishga qaratilgan. Tizim iste’molchilarga sifatli issiqlik ta’minotini ishonchli va tejamkor yetkazib berishni, shuningdek sohadagi faoliyatning investitsiya jozibadorligini ta’minlashi kerak. Buning uchun qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- issiqlik ta’minoti sohasidagi har bir ishtirokchining – iste’molchilar, issiqlik ta’minoti tashkilotlari va davlat va mahalliy hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari;
- shartnomalarda belgilangan parametrlar va ishlash rejimlariga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish uchun tomonlarning javobgarligi;
- energiya sotuvchilarga talablar, issiqlik energiyasi va elektr quvvati tanqisligi paydo boʻlishining oldini olish tartibi;
- issiqlik ta’minoti tizimi barqarorligi, rentabelligini ta’minlash boʻyicha ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlari;
- iste’molchilar va issiqlik ta’minoti tizimlari manfaatlari uchun issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlarining maqbul ish rejimini joriy etish;
- koʻp kvartirali uylarga issiqlik yetkazib berish boʻyicha xususiyatlarni inobatga olgan holda issiqlik ta’minoti shartnomasining majburiy yozma shaklini joriy etish;
- issiqlik ta’minotiga tariflarning tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning shaffofligi;
- iste’molchilar tomonidan issiqlik energiyasining yoʻqotilishini kamaytirishni ragʻbatlantirish;
- uzoq muddatli shartnomalar tuzish va issiqlik ta’minoti bozorida barqarorlikka erishishga koʻmaklashuvchi uzoq muddatli tariflarni belgilash.
Qonun loyihasida aytilishicha, iste’molchilar boshqa issiqlik ta’minoti tashkilotlari bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzishlari mumkin. Shu bilan birga normani qoldirishdi, unga asosan kollektiv issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik energiyasi iste’molchisi хonaning bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qoʻyishga haqli emas.
Ushbu normalar ma’nosi jihatdan ziddiyatli va issiqlik ta’minoti tashkilotiga monopol holatni beradi, aholining muayyan qismini manfaatsiz holatga qoʻyadi. Kvartira egasi oʻz хonasida issiqlik yoʻqotilishini kamaytiruvchi va energiyani tejovchi zamonaviy isituvchi uskunalarni oʻrnata olmaydi, XUMSh esa bunday shart-sharoitlarda oʻzining qozonхonasini qurishga qaror qilishi amri maholdir.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova.