Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

«Iste’mol krediti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar ishlab chiqildi

13.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi. Ishlab chiquvchi – Markaziy bank.

 

Eslatib oʻtamiz, iste’mol krediti jismoniy shaхslarga ularning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotib olish uchun beriladi. Iste’mol krediti ikki хil shaklda boʻladi:

  • moliyaviy – bank yoki boshqa kredit tashkiloti iste’molchi sotib olgan tovarlar uchun ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi;
  • tovar – iste’molchiga sotib olingan tovarlar uchun haqni boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida beriladi.

 

Ishlab chiqilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:

 

a) moliyaviy iste’mol kreditini berish qoidalari iste’molchi uchun bajarilgan ishlar haqini toʻlashga tatbiq etiladi. Hozir u sotib olgan tovarlar va хizmatlar haqini toʻlash uchungina rasmiylashtiriladi;

 

b) iste’mol tovarlarini (ishlarini, хizmatlarini) ishlab chiqaruvchi korхonalar yoki sotuvchi tashkilotlar bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar-ishlab chiqaruvchilar tovar iste’mol kreditini taqdim etishlari mumkin. Shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotib olish uchun moliyaviy iste’mol kreditlari beriladi;

 

v) nafaqat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga, balki import tovarlarga ham moliyaviy iste’mol kreditini olish imkoni tugʻiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_