«Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihada Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan bir qator huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda.
Oʻzgartirishlar kiritish taklif etilayotgan ayrim moddalar:
Modda |
Dispozitsiya |
Sanksiyaning amaldagi tahriri |
Sanksiyaning taklif etilayotgan tahriri |
1351-modda: Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish |
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, хuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish |
1 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
Fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, хuddi shuningdek, agar bunday majburiy sugʻurta qilinmaganligi oldindan ayon boʻlsa, transport vositalarini boshqarish |
fuqarolarga 1 BHM, mansabdor shaхslarga esa – 3 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
fuqarolarga BHMning 1/2 qismi, mansabdor shaхslarga esa – 2 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
|
170-modda: Valyuta boyliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish |
Valyuta boyliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish |
valyuta boyliklarini musodara qilib, 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga 20 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
valyuta boyliklarini musodara qilib, 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga 10 BHMdan 20 BHMgacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
1751-modda: Buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish |
Buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish |
mansabdor shaхslarga 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi |
mansabdor shaхslarga 3 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi |
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda |
mansabdor shaхslarga 10 BHMdan 20 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi |
mansabdor shaхslarga 7 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi |
|
1763-modda: Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish |
Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish |
fuqarolarga 20 BHMdan 100 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 50 BHMdan 150 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi |
fuqarolarga BHMning 7 baravari, mansabdor shaхslarga esa – oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi |
Shuningdek 1281- moddaning dispozitsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Taklif etilayotgan tahriri – Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchin va boshqa qoʻlni ishlatmagan holda muloqot olib borish mumkin boʻlgan vositalar orqali foydalanish mustasno). Ikkinchi qismini chiqarib tashlash taklif etilmoqda.
135-moddani quyidagi tahrirdagi 4-qism bilan toʻldirish taklif etilmoqda: «Haydovchidan, agarda uning Oʻzbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yonida boʻlsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi hujjat, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini yonida olib yurish talab etilmaydi».
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova.