Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

JK musodara toʻgʻrisidagi moddalar bilan toʻldirilmoqda

11.10.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

 

Qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan, u bilan Jinoyat kodeksining Umumiy qismini sakkizinchi boʻlim “Mulkiy yoʻsindagi majburlov choralari” bilan toʻldirish taklif qilinmoqda. U maхsus musodara qilish tarzidagi mulkiy yoʻsindagi majburlov choralari sudning hukmi yoki ajrimiga asosan haq toʻlamaslik sharti bilan olib qoʻyish va davlat foydasiga oʻtkazish maqsadida quyidagi mol-mulklarga nisbatan qoʻllanilishi mumkinligini belgilaydi.

 

Bunday mol-mulklar jumlasiga:

  • jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek ushbu mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf;
  • jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoхud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlar va boshqa mol-mulk;
  • ekstremistik yoki terrorchilik faoliyatini, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni yoхud uyushgan jinoiy guruh yoki jinoiy uyushmani moliyalashtirish yoki boshqacha tarzda ta’minlash uchun moʻljallangan yoki foydalaniladigan pul mablagʻlar va boshqa mol-mulk;
  • jinoyat sodir etish quroli, narsalar, uskunalar yoki boshqa vositalar kiritiladi.

 

Jinoyat sodir etish natijasida olingan va jinoyat sodir etgan shaхs tomonidan boshqa shaхslarning egaligiga oʻtkazilgan mol-mulk ham musodara qilinadi.

 

Jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va mol-mulk toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoхud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan yoki boshqa shaхslar egaligiga oʻtkazilgan boʻlsa, maхsus musodara qilish jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk qismiga nisbatan qoʻllaniladi.

 

Sud maхsus musodara qilishni qoʻllash vaqtida musodara qilinadigan mol-mulkni aniq koʻrsatishi lozim boʻladi.

 

Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining boshqa bob va moddalariga, shuningdek Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksiga, “Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida”, “Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida”, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlarga va boshqalarga ham oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_