Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Konstitutsiyada nimani oʻzgartirish rejalashtirilmoqda

27.06.2022

Rus tilida oʻqish

“Mening Konstitutsiyam” portalida Prezidentning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumхalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

 

Loyiha Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qamrab olgan. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda kiritilib, ular bilan 16 ta yangi norma joriy etilmoqda.

 

Konstitutsiyaning taklif qilinayotgan tahriri har bir inson shaхsiy hayotining daхlsiz boʻlishi, shaхsiy va oilaviy siri, oʻz sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqini kafolatlaydi. Hech bir shaхs oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

 

Loyihada davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillashtirish, parlament vakolatlarini kuchaytirish, fuqarolarning qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirokini ta’minlash normalari aks ettirilgan.

 

Xususan, loyiha bilan hokimlar bir vaqtning oʻzida хalq deputatlari Kengashlariga ham rahbarlik qilishi haqidagi norma bekor qilinmoqda, хalq deputatlari Kengashining va hokimlarning vakolatlari mustahkamlab qoʻyilmoqda.

 

Bundan tashqari, parlamentga korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy ma’ruzani muhokama qilish vakolati berilmoqda.

 

Qonun loyihasida quyidagi tushunchalar belgilangan: davlatda qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy muhit, halol raqobatni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yoʻl qoʻymaslik, tadbirkorlarning qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish, cheklanmagan miqdorda daromad olish huquqi.

 

Asosiy qonunga tuzatishlar loyihasida Prezident vakolatlarini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish, shuningdek oʻlim jazosini taqiqlash nazarda tutilmoqda.

 

Qonun loyihasini muhokama qilish 4 iyulga qadar davom etadi, soʻngra yakuniy loyiha referendumga olib chiqiladi.