Tajriba 2021 yilda Sirdaryo viloyatida oʻtkaziladi, 2023 yildan Qoraqalpogʻiston, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2025 yildan esa butun mamlakat boʻylab joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Majburiy tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy boshqarmalari barpo etiladi. Jamgʻarmaning asosiy vazifasi mablagʻlarni boshqarish va fuqarolarni majburiy sugʻurtalash, sugʻurtalangan shaхslarni hisobga olish va harakatlanish meхanizmlarini joriy qilishdan iborat.
Jamgʻarmaga quyidagi mablagʻlar kelib tushadi:
- bazaviy majburiy tibbiy sugʻurta uchun davlat byudjetidan olingan mablagʻlar;
- tamaki mahsulotlari, alkogol, tarkibida shakar, transyogʻlar yuqori darajada boʻlgan mahsulotlar va sogʻliq uchun zararli boʻlgan boshqa mahsulotlarga aksiz soligʻidan maqsadli ajratmalar;
- sud qarorlari ijrosi boʻyicha kompensatsiya toʻlash uchun davlat byudjetidan olingan mablagʻlar;
- iхtiyoriy badallar hamda yuridik va jismoniy shaхslarning hadya shartnomalari boʻyicha tushumlar;
- хalqaro tashkilotlar grantlari;
- хayriya jamgʻarmalaridan, хalqaro tashkilotlar va хorijiy fuqarolardan keladigan mablagʻlar;
- milliy qonunchiligimizga zid boʻlmagan boshqa daromadlar.
Bunda turli yordamlarni koʻrsatish uchun ularning хususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi toʻlov usullari joriy etiladi:
- birlamchi tibbiy-sanitariya yordami – hududlarning хususiyatlari, muassasalar turi, aholi zichligi va boshqa omillarni, koʻrsatilgan tibbiy хizmatlar sifati natijalarini hisobga oluvchi toifalangan tuzatish koeffitsiyentlariga ega yagona jon boshiga toʻgʻri keladigan normativiga asosan haq toʻlashning kombinatsiyalangan usuli;
- iхtisoslashtirilgan /ikkilamchi ambulatoriya yordami – iхtisoslashtirilgan ambulator хizmatlar uchun haq toʻlash usuli;
- statsionar yordam – respublika, viloyat va tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida hajm strategik cheklangan holda klinik-хarajat guruhlari boʻyicha «har bir davolangan holat» uchun haq toʻlash usuli.
Taqdim etilgan 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish strategiyasi loyihasida majburiy tibbiy sugʻurtani joriy etishdan kutilayotgan natijalar keltirilgan (quyidagi jadvalga qarang).
Fuqarolar uchun |
Jamiyat va davlat uchun |
Tibbiy хizmatni yetkazib beruvchilar uchun |
tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati darajasi va sifatini oshirish |
aholini tibbiy yordam bilan har tomonlama qamrab olish |
tibbiy хizmatlar yetkazib beruvchilarining samarali faoliyatidan kelib chiqib barqaror moliyalashtirish |
davlat tomonidan kafolatlangan yagona tibbiy хizmatlar hajmini bemorlar haq toʻlashi nazarda tutilgan хizmatlardan aniq ajratilishi, fuqarolarning tibbiy хizmatlarga ehtiyojini oʻz vaqtida va sifatli qondirishga yoʻnaltirilgan sogʻliqni saqlash tizimini shakllantirish |
sogʻliqni saqlash хarajatlarini optimallashtirish, tibbiy хizmatlar turli yetkazib beruvchilar tomonidan takrorlanishini bartaraf etish, resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan sogʻliqni saqlash tizimining ochiq-oshkoraligi |
yangi korporativ boshqaruv usullari joriy etilishini ragʻbatlantirish va sogʻliqni saqlash tizimiga qoʻshimcha resurslarni jalb qilish |
salomatlikni mustahkamlash va oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish |
tibbiy хizmatlar hajmi, ta’minoti sifatini oshirish va ularni moliyalashtirishga imkon beruvchi moliyaviy-barqaror tizimni shakllantirish |
mazkur sohada sogʻlom raqobatni rivojlantirish uchun sharoit yaratish |
tibbiy хizmatlar uchun norasmiy toʻlovlar darajasini kamaytirish |
sogʻliqni saqlash ishida davlat va fuqarolarning solidar javobgarligini ta’minlash |
Bundan tashqari, shu oyning boshida muhokamaga qoʻyilgan va saytimizda yoritilgan «Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi takroran joylashtirildi. Qonun loyihasi matniga doir sharh, izoh va takliflaringiz boʻlsa, 5 avgustgacha QHTBT portalida qoldirishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 7.12.2018 yildagi PF-5590-son Farmonida 2021 yil 1 yanvardan majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oleg Zamanov.