Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Nodavlat OTM uchun davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi

26.08.2021

Rus tilida oʻqish

“Nodavlat va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qoʻshma buyruq loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi.

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 22 iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. U bilan Nodavlat va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash taklif qilinmoqda.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini aniqlash va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga taqsimlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Nizom quyidagi tartibni nazarda tutadi:

  • davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish, ish beruvchilar bilan talabgorlar oʻrtasida shartnoma tuzish tartibi;
  • oʻqish jarayonini tashkil etish, tomonlarning hamkorligini ta’minlash tartibi;
  • davlat buyurtmasi parametrlarini moliyalashtirish tartibi;
  • oʻqishni tamomlagandan soʻng kadrlar buyurtmachilari tizimida ishlab berishini tashkil etish tartibi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_