Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Provayderlarga elektron litsenziyalar beriladi

11.05.2017

 

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.

 

Litsenziyalar da’vogarlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar paketidan quyidagilarni chiqarib tashlash taklif qilinayotir:

  • IIV davlat yongʻin хavfsizligi хizmatining yongʻin normalari talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida хulosasi;
  • davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning  sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida хulosasi;
  • oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomning va telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish boʻyicha mutaхassislar mehnat daftarchasining nusхalari.

 

Bundan tashqari, oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari provayderlari faoliyatini litsenziyalashni “yagona darcha” va Yagona portalga (elektron formatda) uzatish, litsenziyalarni oʻzini esa kelasi yildan boshlab Yagona portalning elektron hujjatlar repozitoriysiga kiritgan holda elektron shaklda berish taklif qilinmoqda.

 

Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


 

Oleg Zamanov, ekspertimiz.