Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Xususan, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga 21-moddaning “Auditorlik tashkilotlarining professional jamoat birlashmalari” yangi tahriri taklif qilinmoqda. Unda a’zolik tartibi, rahbarlarning vazifalari, ularga talablar belgilanadi. 25-moddaga “Auditor malaka sertifikatini bekor qilish” oʻzgartirishlar kiritiladi. Ular sertifikatni bekor qilish asoslari va tartibini tartibga soladi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda 16-modda tibbiyot buyumlarni ishlab chiqarish va ulgurji realizatsiya qilish boʻyicha, shuningdek oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni bekor qilishga taalluqli 3 va 4-qismlar bilan toʻldirilmoqda. Bundan tashqari, 211-moddani “Optika (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti)” kiritish taklif qilinmoqda.
“Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda 3 va 4-moddalarga malaka sertifikatini olish, shuningdek professional jamoat birlashmalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Ushbu qonunni 51-modda “Rieltor faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari” bilan toʻldirish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi , “Markaziy bank toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunlarga, Soliq kodeksiga va boshqalarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova.
Kommentarii (2)
Dobavit kommentariyGost_ Jurayeva d :
Juda kup ayollarimiz MKning 100/7 asosida ishdan bushatilmokda UzbekistonRespublikasi Prezidentining 2019 yil 7 mart 4235 karori asos bulmayapti bizning iltimosimiz shu karorni ijrosini хam yangi yilgacha kurib chiksangizlar yangi yil sovgasi bular edi
Gost_Kushakov Turdali :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!