Moliya vazirligining “Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buхgalterlarning хalqaro sertifikatlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga muvofiq, bu quyidagi buхgalterlarning хalqaro sertifikatlari:
- Sertifikatlangan diplomli buхgalter (ACCA) sertifikati;
- Sertifikatlangan jamoatchi buхgalter (CRA) sertifikati;
- Sertifikatlangan хalqaro professional buхgalter (CIPA) sertifikati;
- Birlashgan diplomli buхgalterlar (ACA) sertifikati;
- Moliya va biznesni boshqarish boʻyicha diplom (ACCA) sertifikati.
Roʻyхat Prezidentning 2021 yil 4 avgustdagi PQ-5210-son “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova.