Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy qilinadi

15.11.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi Prezidentning “Norma ijodkorligi jarayonida davlat organlarining masuliyatini oshirish va qonunosti hujjatlarini sharhlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi.

 

Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun NHHlarni rasmiy sharhlashni nazarda tutadi. Konstitutsiya va qonunlar normalariga rasmiy sharhni Konstitutsiyaviy sud beradi. Biroq amaldagi qonunchilik qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibini nazarda tutmaydi.

 

Soʻnggi yillarda huquqni qoʻllash amaliyotida kolliziya, tafovutlar, boʻshliqlar va korrupsiyaviy omillar kuzatildi. Shu munosabat bilan  Adliya vazirligi tomonidan qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibini belgilashni nazarda tutadigan Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyiha lingvistik, tizimli, mantiqiy va tariхiy usullardan foydalangan holda rasmiy sharhlash tushunchasi va turlarini, shuningdek vakolatli organlarning harakatlari tartibini, arizani koʻrib chiqish muddatlari, rasmiy sharh berish va tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish zarurati toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibini belgilaydi.

 

Nizom bilan:

  • Qonunosti hujjatlari normalariga rasmiy sharh berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida NHH mualliflari toʻgʻrisidagi ma’lumotni joylashtirish;
  • NHHga ilmiy sharhlar berish amaliyotini takomillashtirish taklif qilinmoqda.

 

Loyihani ishlab chiqishda qator хorijiy mamlakatlar, shu jumladan Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Litva, Germaniya, Xitoy, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarning tajribasidan foydalanilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.