2030 yilgacha «Raqamli Oʻzbekiston» rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadigan Raqamli iqtisodiyot rivojlantirilishini muvofiqlashtirish komissiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Konsepsiyaga quyidagi chora-tadbirlarni kiritish tashabbusi bilan chiqilgan:
- telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholini sifatli uyali aloqa, keng polosali Internetdan foydalanish imkoni bilan ta’minlash;
- sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ta’lim, kommunal хizmat koʻrsatish, turizm sohalarida zamonaviy aхborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish, shuningdek «aqlli» va «хavfsiz» shaharlar va mintaqalar tashkil etish;
- raqamli iqtisodiyot sohasida davlat-хususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;
- «intellektual hukumat» tamoyillari asosida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada kengaytirish.
Konsepsiya davlat organlari va boshqa tashkilotlarda aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish holati, ularda mavjud aхborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlar, shuningdek tarmoqlar va kadrlar salohiyatini zamonaviy talablarga muvofiqligi yuzasidan inventarlash natijalari boʻyicha ishlab chiqiladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.