Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni yumshatish rejalashtirilmoqda

30.03.2023

Rus tilida oʻqish

"Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga oʻtkazilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyihaga muvofiq, savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

 

Shu bilan birga, savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdorda (BHMning 500 baravari) buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik oʻrnatish taklif etilmoqda.

 

Jazo tariqasida quyidagi miqdorlarda jarima belgilash nazarda tutilmoqda:

  • fuqarolarga -BHMning 200 baravari;
  • mansabdor shaхslarga – BHMning 300 baravari.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Sobir Nurberdiyev.