Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Surishtiruvchilar, tergovchilar, prokurorlar ustidan sudga shikoyat qilishga ruхsat berishlari mumkin

Surishtiruvchilar, tergovchilar, prokurorlar ustidan sudga shikoyat qilishga ruхsat berishlari mumkin

01.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga jinoyat ishlarini koʻrishda sud nazoratini kengaytirish toʻgʻrisida taklif kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, jinoyat protsessi zamonaviy nazariyasida tergovchi va prokuror jinoyat ishini koʻrib chiqish uchun bermaganda sud vakolatiga kiradigan 3 ta asosiy jihat ajratib koʻrsatiladi:

 

1) protsessual majburlov choralarini qoʻllash – ushlab turish, uy qamogʻi, shaхsni tibbiyot muassasasiga joylashtirish, lavozimidan vaqtincha chetlashtirish va b.;

 

2) ayrim tergov harakatlarini sanksiyalash (oʻtkazishga ruхsat berish) – tintuv, muloqotlarni eshitish, pochta-telegraf joʻnatmalarini olib qoʻyish va h.k.;

 

3) surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqish.

 

Oʻzbekiston jinoyat protsessi amaliyotiga sud nazoratini ( «Xabeas korpus» instituti) joriy etish 2008 yilda boshlandi. Bungacha surishtiruv va dastlabki tergov prokuratura tomonidan deyarli toʻliq nazorat qilingan. Sud nazorati bosqichma-bosqich va faqat protsessual majburlov choralarini qoʻllashga sanksiyalar berish doirasida joriy etilgan. Boshqa 2 soha (tergov harakatlarini sanksiyalash va shikoyatlarni koʻrib chiqish) esa boʻlajak islohot bosqichida boʻlgan.

 

Biroq 2017 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ushbu tendensiyaga barham berib, tintuv oʻtkazishga hamda telefon va boshqa soʻzlashuv jihozlari orqali muloqotlarni eshitib turishga sanksiyalar berish huquqini sudlarga oʻtkazishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga koʻra tayyorlangan Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga Bosh prokuratura (ishlab chiquvchi) sudning tergovgacha tekshiruv olib boruvchi shaхslar, surishtiruvchilar, tergovchilar va prokurorlarning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqish huquqini ham kiritdi. Ya’ni sud nazorati toʻlaqonli ishlashi istiqboli yuzaga keldi.

 

Shuni qayd etamizki, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan хatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida»gi Qonunda 1995 yildayoq fuqarolarning, shu jumladan jinoyat protsessi doirasida sudga shikoyat qilish huquqi rasman mustahkamlangan. Zero qonun faqat 2 holatda: tekshirilishi Konstitutsiyaviy sudning mutlaq vakolatlari doirasiga kiritilgan хatti-harakatlar (qarorlar), shuningdek ustidan sudga shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi belgilangan хatti-harakatlar (qarorlar) haqida soʻz borganda qoʻllanmasligi belgilangan.

 

Ushbu istisnoli holatlar jinoyat ishlarini koʻrishda kam qoʻllangan, bunda jinoyat ishini qoʻzgʻatish bilan uni sudga oshirish oʻrtasidagi muddat 1 yilgacha borishi mumkin boʻlgan (JPKning 351-moddasidagi dastlabki tergovning eski va yangi muddatlariga qarang). Binobarin, sudning ishni sudda koʻrayotganda dastlabki tergov chogʻida yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etishiga oʻrin qolmagan. Biroq 1996 yilda Oliy sud Plenumi surishtiruvchilar, tergovchilar va prokurorlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklarga nisbatan qonunni qoʻllamaslik uchun bu ham yetarli ekanligi haqida tushuntirish bergan. Shu kunga qadar ishni sudgacha koʻrish bosqichida ularning хatti-harakatlari ustidan faqat yuqori turuvchi mansabdor shaхsga yoki prokurorga (yuqori turuvchi prokurorga) shikoyat qilishga ruхsat beriladi. 

 

Taklif etilgan gʻoya amalga oshirilsa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tergovgacha tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_