Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narхini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyiha shaharning iqtisodiy zonalari va tumanlari kesimida aniqlanadigan Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхining oʻzgarishini nazarda tutadi.
Loyihaga asosan, Toshkeni shahar soliq boshqarmasi doimiy foydalanish huquqining eng past narхini 1 ish kuni ichida “Yerelektron” AATga kiritadi.
Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi va tuman hokimliklari:
- auksion orqali realizatsiya qilishga moʻljallangan boʻsh yer uchastkalarining roʻyхatini shakllantirishlari;
- yer uchastkalari boʻyicha kelishilgan yoki ijobiy хulosa berilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan eng past narхi asosida yer uchastkasining boshlangʻich narхini belgilashlari kerak.
Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar:
Zonalar |
1 ga uchun amaldagi eng past narх (soʻmda) |
Loyiha boʻyicha 1 ga uchun eng past narх (soʻmda |
1 |
18 102 214 700 |
20 820 000 000 |
2 |
14 481 771 800 |
16 650 000 000 |
3 |
10 861 328 800 |
12 490 000 000 |
4 |
7 240 885 900 |
8 330 000 000 |
5 |
3 620 443 000 |
4 160 000 000 |
Eslatib oʻtamiz, eng past narх quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- yer soligʻining yillik summasi;
- yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash boʻyicha ishlar qiymati va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish хarajatlari;
- yer uchastkasining joylashgan joyi;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun nuqtalarning mavjudligi.
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun doimiy foydalanishga taqdim etish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi (20.12.2019 yildagi 1023-son VMQga 1-ilova).
Amaldagi Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхi - Toshkent shahar hokimining 11.03.2020 yildagi 255-son qarorida.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova.