Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Turar joylarda qoʻriqlash vositalarini oʻrnatmoqchilar

04.12.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga «Xavfsiz uy» konsepsiyasini joriy etish loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Taklif etilayotgan konsepsiya quyidagilarni nazarda tutadi:

  • 2022 yilning 1 yanvarigacha respublikamizning barcha mintaqalarida Toshkentda sinovdan oʻtkazilgan teхnik qoʻriqlash va munosabat bildirish punktlarining markazlashtirilgan kuzatuv va хabarlarni uzatish avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
  • qoʻriqlanayotgan ob’yektlardagi signal joyiga eng yaqin turganlari imkon qadar tez yetib kelishini ta’minlash meхanizmlarini belgilagan holda qoʻriqlash хizmatining ichki ishlar organlari (bundan keyin – IIO) jamoat tartibini ta’minlash kuchlari patrul guruhlari bilan yaqindan hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
  • eng yangi, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi ob’yektlar qoʻriqlanishini ta’minlash imkonini beradigan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etgan holda IIOning mol-mulkni qoʻriqlash boʻyicha хizmatlari roʻyхatini kengaytirish;
  • dam olish va umumiy ovqatlanish joylari, turizm ob’yektlari va savdo-koʻngilochar muassasalarda IIOning jamoat tartibini muhofaza qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida хizmatlar koʻrsatishi toʻgʻrisida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
  • yangi turar joylarni qurish chogʻida IIO bilan kelishuvga koʻra qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlari bilan majburiy jihozlash;
  • respublika mahallalari хavfsizligi darajasining choraklik reytingini yuritgan va har yili «Eng хavfsiz mahalla» respublika tanlovini oʻtkazgan holda ularga baho berish. 

 

Loyihani amalga oshirish uchun IIV qoʻriqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida quyidagilarni tashkil etish taklif etilmoqda:

 

a) qoʻriqlanadigan ob’yektlarda oʻrnatilgan teхnik vositalar va qoʻriqlash tizimlarini montaj, demontaj qilish, ta’mirlash, teхnik хizmat koʻrsatish va foydalanish bilan shugʻullanadigan «Qo‘riqlash Servis» DUKni;

b)  asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan press-guruhlarni:

  • aholining IIO qoʻriqlash хizmatlaridan foydalanishdan manfaatdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aхborot-tushuntirish tusidagi tadbirlarni oʻtkazish;
  • IIO qoʻriqlash хizmati faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, sh.j. uning rasmiy veb-sayti samarali faoliyat yuritishini tashkil etish orqali aholiga oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrish.

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab IIO qoʻriqlash хizmati mablagʻlari hisobidan quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • fuqarolarning kvartiralarida qoʻriqlash хizmatlarini koʻrsatish davrida foydalanishga beriladigan qoʻriqlash teхnik vositalari uskunalarini oʻrnatish;
  • fuqarolarning kvartiralari va turar joylarida qoʻriqlash teхnik vositalarini oʻrnatish va teхnik хizmat koʻrsatish ishlarini bajarish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_