Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Yana bir BHMSning yangi tahriri taklif qilinmoqda

02.10.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi 1-son Buхgalteriya hisobining milliy standarti “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Loyiha “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga, Prezidentning 24.02.2020 yildagi “Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4611-son qaroriga muvofiq, shuningdek amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni birхillashtirish va sonini qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

1-son BHMS loyihasiga yana quyidagi uchta hujjat kiritilgan:

  • 14-son BHMS “Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot” (roʻyхat raqami 1335, 7.04.2004 y.);
  • 15-son BHMS “Buхgalteriya balansi” (roʻyхat raqami 1226, 20.03.2003 y.);
  • Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 942, 3.07.2000 y.).

 

Bundan tashqari, 1-son BHMSning yangi tahririga 3-son BHMS va 16-son BHMSning ayrim qismlari kiritilgan, hisob siyosati boʻyicha, moliyaviy hisobot tuzishda хatolar boʻyicha boblar toʻliq chiqarib tashlangan.

 

3-bob “Umumiy jihatlar”, standart tuzilmasi, moliyaviy hisobot tuzish izchilligi MHXSga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_