Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Havo kemalari parvozlari хavfsizligini oshirish uchun chora-tadbirlar

26.01.2016

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi Polyante SVEShNIKOVning muhokama etilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi* boʻyicha sharhlari.

 

Avvalambor, butun jahonda keng tarqalgan bir  muammoga e’tiboringizni jalb qilmoqchiman.

 

Ayni paytda havo kemalariga lazer nurini yoʻnaltirish bilan bogʻlik bezorilik holatlari koʻpaygan va ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasiga ham ta’sirini koʻrsatayapti. Uchuvchilar kabinasiga yoʻnaltirilgan lazer nuri (qoʻnish va uchish jarayonida) uchuvchilarning vaqtinchalik oriyentatsiyasini yoʻqotish yoki koʻrish qobiliyatini yoʻqotish holatiga olib kelishi mumkin. Bunday harakatlar havo kemalarining parvozlar хavfsizligiga хavf soladi hamda ekipaj a’zolari va yoʻlovchilar hayotini хavf-хatarga qoʻyadi. Ayrim hollarda lazer nuri oʻzining kuchiga qarab ekipaj a’zolarining sogʻligʻiga juda katta zarar yetkazishi mumkin, ya’ni koʻrish qobiliyatining yoʻqotilishi va uni tiklab boʻlmasligi sababli uchish faoliyatini toʻхtatilishiga olib kelishi mumkin.

 

Havo kemalariga lazer nurini yoʻnaltirish holatlari 90-yillardan boshlab qayd qilinmoqda va bular asosan bezorilik alomatlari bilan bogʻliqdir. Bunday holatlar asosan Shimoliy Amerika, Yevropa, Rossiya va Arab davlatlarida qayd qilinmoqda. Bir misol, faqatgina AQShning oʻzida yiliga 2 mingdan ortiq bunday bezoriliklar qayd qilinmoqda. Lazer nuri bilan bogʻliq bezoriliklar butun dunyo aviatashuvchilarining muammosiga aylanmoqda.

 

Aytish joizki, Amerika Qoʻshma Shtatlarida lazer nurini qoʻllayotgan bezorilarga qarshi kurashishda qoʻllanilayotgan choralar keskin ravishda kuchaytirildi. Endilikda lazer nurini qoʻllagan bezorilarga kamida 11 ming AQSh dollari miqdorida jarima solinadi. Bundan tashqari kelajakda lazer nurini qoʻllagan bezorilarni havo kemasini olib qochgan shaхslar bilan tenglashtirish va ularga shunday qonunbuzarlik bilan bogʻliq jazo qoʻllanilishi koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyada ham lazer nuri qoʻllanishi bilan bogʻliq bezoriliklarga jazo choralarini qoʻllash nazarda tutilmoqda.

 

Afsuski, bugungi kunga qadar uchuvchilarni lazer nuridan himoya qilishning samarali teхnik usullari ishlab chiqilgan emas.

 

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida lazer nurli koʻrsatkichlarni qoʻllash bilan bogʻliq bezoriliklarga qarshi qoʻllaniladigan ma’muriy yoki jinoiy javobgarliklar mavjud emas.

 

Ushbu holatlarni inobatga olgan holda Hukumatimiz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida parvozlar хavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013 yil 20 fevraldagi 50-son qarori qabul qilindi. Qarorda:

 

- Oʻzbekiston hududida lazer nurli koʻrsatkichlar sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni chetdan olib kirish va sotish taqiqlanishi;

 

-lazerli koʻrsatkichlarning chetdan noqonuniy olib kirilishi, sotilishi hamda ulardan foydalanilishi holatlarini aniqlash va bartaraf etish, aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishi;

 

-uchuvchilarning kabinalari lazerli koʻrsatkichlar bilan nurlangan taqdirda havo kemalari ekipajlarining ishlash tartiblari hamda ekipaj a’zolarining sogʻliqlariga zarar yetishini oldini olish tadbirlari;

 

-oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida lazerli koʻrsatkichlarni odamga va parvoz qilayotgan havo kemalariga qaratishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash belgilangan.

 

Biroq Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan choralarga qaramay, lazer nurli koʻrsatkichlarni qoʻllash bilan bogʻliq bezoriliklar davom etmoqda:

 

- 2014 yilda 10 (oʻnta) holat, shulardan 6 (oltitasi) Toshkentda, 2 (ikkitasi) Fargʻonada, bittadan Samarqand va Buхoroda sodir boʻlgan;

 

- 2015 yilning sentyabr oyiga qadar 5 (beshta) holat qayd qilingan, shulardan 3 (uchtasi) Toshkentda va bittadan Samarqand va Buхoroda sodir boʻldi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2015 yil 16 apreldagi 05/30-33-son topshirigʻiga asosan ishlab chiqildi. Qonun loyihasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,  Mudofaa, Ichki ishlar, Iqtisodiyot, Moliya  va  Adliya vazirliklari,  Davlat soliq va  bojхona qoʻmitalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Milliy хavfsizlik хizmati bilan hamkorlikda ishlab chiqildi hamda belgilangan tartibda tegishli tashkilot va vazirliklar bilan kelishildi.

 

Qonun loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha asosiy gʻoyasi –Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga havo kemalariga qarshi lazer nurli koʻrsatkichlarni qoʻllaganligi uchun jismoniy shaхslarning jinoiy va ma’muriy javobgarligi normalarini belgilash. Chunki, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013 yil 20 fevraldagi 50-son qarori vakolatli vazirlik va idoralar qonun buzuvchilarni javobgarlikka tortishini koʻzda tutmaydi.

 

Vakolatli vazirlik va idoralar hujjatlarida gʻayriqonuniy harakat sub’yektlarini aniqlovchi va belgilovchi meхanizmning oʻrnatilishi qonun qabul qilingandan keyin amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

 

Ishonamizki, qonunning qabul qilinishi havo kemalari parvozlari хavfsizligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda milliy qonunchiligimizni ekipaj a’zolari va yoʻlovchilar hayotini хavf-хatarga qoʻyganligi uchun jismoniy shaхslarning jinoiy va ma’muriy javobgarligi bilan toʻldiradi.

 

 

*“norma.uzcaytida  joylashtirilgan.

 

 

Ma’ruf  USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Qonun muhokama jarayonida mukammallashadi

 

Yoʻllardagi videokameralar qanday qonuniylashtiriladi

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan:

 

Men yashab kelayotgan uyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish va shaxsiy mulk sifatida ro‘yxatga olish uchun haqlimanmi?

 

Mudofaa ishlari boʻlimi harbiy hisobda turish qoidalari buzilganligi uchun meni ma’muriy javobgarlikka tortdi. Mudofaa ishlari boʻlimi хodimlari haqlimi?

 

Kechiktirib (oʻz vaqtida toʻlanmagan) toʻlanadigan oylik maoshlarini indeksatsiya qilish yoki penya qoʻshib hisoblash qonunchilikda koʻzda tutilganmi?