Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

1 noyabrdan alkogol qimmatlashadi

01.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yangi eng past ulgurji va chakana sotish narхlari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3188, 29.10.2019 yil).

 

Eslatib oʻtamiz, alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) narхini oshirish masalasi hujjatning loyiha bosqichida ham muhokama qilingan edi. Unda taklif etilgan raqamlar oʻzgartirishlarsiz tasdiqlandi.

 

Ulgurji sotish narхi indeksatsiyasi oʻrtacha 9,3%ni, chakana narхlar – 8%ni tashkil etadi. Shu tariqa, 1 noyabrdan 1 litr tayyor mahsulot uchun quyidagi narхlar amal qiladi:

  • vino – ulgurji sotishda 8 600 soʻm (+7,5%) va chakana sotishda 10 200 soʻm (+6,2%);
  • konyak – ulgurji sotishda 31 000 soʻm (+6,9%) va chakana sotishda 36 600 soʻm (+5,8%);
  • aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – ulgurji sotishda 22 000 soʻm (+13,4%) va chakana sotishda 26 000 soʻm (+12%).

 

Har bir pozitsiya kesimidagi solishtirma jadval – bu yerda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.11.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.