Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 maydan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi2025 yil may oyi uchun bosh buхgalter rejasi Soliq byudjetdan qaytarilsa, norezident bilan oʻzaro hisob-kitoblarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerakEslatma: e’tiroznoma ishini yuritishda majburiy boʻlgan ishlarTovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarni buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak

2019 yil may oyida fuqarolar yigʻini raisining saylovi oʻtkaziladi

16.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

«Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun (15.10.2018 yildagi OʻRQ–498-son) va «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (15.10.2018 yildagi OʻRQ–499-son) e’lon qilindi.

 

Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida oʻtkazilishi belgilandi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amaldagi rahbarlarining vakolatlari muddati yangilari saylanguniga qadar uzaytirildi. Bunda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) vakolatlarining yangi muddati 3 yilni (hozir – 2,5 yil) tashkil etadi.

 

Saylash tartib-taomiliga esa kichik oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Birinchidan, saylovni tashkil etish va oʻtkazish, fuqarolar yigʻini yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy, ushbu lavozimga nomzodlar toʻgʻrisidagi aхborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin joylashtiriladi.

 

Ikkinchidan, fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylash yashirin ovoz berish orqali (ilgari yashirin va ochiq ovoz berish shaklida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilar edi), ya’ni saylov byulletenlarini toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Uchinchidan, saylovda hovlilar, uylar va koʻchalardan vakillik normasini ilgarigidek tegishli komissiya (Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar) belgilaydi. Biroq, bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12%ini tashkil etishi kerakligi belgilandi. 

 

Toʻrtinchidan, raislarni (oqsoqollarni) saylashning belgilangan tartib-taomili bundan buyon ularning maslahatchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Endi ular oqsoqol saylovi natijalari boʻyicha bir oy ichida, fuqarolar yigʻini kengashini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini shakllantirish bilan bir vaqtda saylanadi. 

 

Hujjatlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 16.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_