Prezident 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.
Hujjatda kelasi yilgi kalendarga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilishi belgilangan:
Oy (2019 yil) |
Qoʻshimcha dam olish kuni |
Dam olish kunlarining koʻchirilishi |
Yanvar |
2 yanvar – chorshanba |
5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga |
Mart |
22 mart – juma |
– |
Iyun |
– |
1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga |
Sentyabr |
2 sentyabr – dushanba |
7 sentyabr – shanba 3 sentyabr – seshanbaga |
Dekabr |
– |
28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga |
Shu tariqa, haftasiga besh kun ishlaydiganlar 2018 yil dekabr – 2019 yil yanvarda 5 kunlik Yangi yil ta’tili oladilar (28.12.2017 yildagi PF–5290-son Farmonga muvofiq dam olish kuni 29 dekabr – shanba 31 dekabr – dushanbaga koʻchirilganini hisobga olib, 2018 yil 30 va 31 dekabrda, shuningdek 2019 yil 1, 2 va 3 yanvarda). Ular mart oyida ketma-ket toʻrt kun (21, 22, 23 va 24-kunlari), sentyabrda esa uch kun (1, 2, 3-kunlari) dam oladilar. Iyunda ham bir nechta dam olish kuni boʻladi[1].
! 2019-2020 yillardagi Yangi yil «ta’tili» davomiyligi 2020 yilda хuddi shunday hujjat e’lon qilingandan keyin belgilanadi. 6 kunlik ish haftasi belgilangan tashkilotlarda jadvalda koʻrsatilgan shanba kunlari koʻchirilmaydi.
Joriy yilda boʻlganidek, byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari хodimlarning har yilgi mehnat ta’tili davomiyligini 3 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi, biroq har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda uning amaldagi davomiyligi hisobga olinib, unga belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi (tartibga qarang). Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Qolgan tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.
[1] «Ramazon hayiti» (Iyd-al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni shu sanaga toʻgʻri kelishi mumkinligi inobatga olingan holda 1 iyun 6 iyunga koʻchirilsa kerak. «Ramazon hayiti» (Iyd-al-Fitr) va «Qurbon hayiti» (Iyd-al-Adha) kunlari nishonlanadigan aniq sanalar Prezidentning alohida farmonlari bilan belgilanadi.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Yuldashev Tursunpolot :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!