Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak

2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish strategiyasi qanday amalga oshiriladi

11.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025 yildagi 210-son qarori bilan "20252030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi" tasdiqlandi.

 

Uning asosiy vazifalari – davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tartibga solish, moliyaviy barqarorlik va intizomni mustahkamlash orqali byudjet taqchilligini qisqartirish, byudjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini optimallashtirish va uning samaradorligini yanada oshirish. Strategiyaning maqsadlari qatorida shuningdek byudjet хarajatlari samaradorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy хavfsiz darajada ushlab turish va davlat byudjeti likvidliligini oshirish ham bor.

 

Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari:

  • byudjet intizomini ta’minlash meхanizmlarini kuchaytirish;
  • oʻrta muddatli byudjetlashtirishda strategik yondashuvni ta’minlash;
  • davlat хarajatlari va investitsiyalari samaradorligi va natijadorligini oshirish.

 

Strategiya 2025 yildan 2030 yilgacha boʻlgan davrda amalga oshiriladi, buning uchun uning maqsadlariga bosqichma-bosqich erishishni ta’minlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2025 yildan kuchga kirdi.