Tegishli qaror Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 may kuni imzolandi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qarorini e’tiborga olib, 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may (yakshanba) kuniga toʻgʻri keladi. Ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadi.
Barcha tadbirlarni joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qat’iy muvofiq ravishda uyda, oila davrasida oʻtkazish topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kun hisoblanadi. Ushbu kun arafasida, ya’ni 23 may (shanba) kuni kundalik ish (smena) muddati barcha хodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi (MKning 121-moddasi).