Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga sharh OʻzAda e’lon qilingan.
Ramazon hayitini nishonlash arafasida jazoni oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan 258 nafar mahkum afv etildi. Ular orasida: 7 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar, 1 nafari ayol, 7 nafari chet el fuqarolari va 164 nafari taqiqlangan tashkilotlarning sobiq a’zolari.
Natijada 16 kishi asosiy jazoni oʻtashdan toʻliq ozod qilindi, 101 kishi – jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 24 nafar shaхsga nisbatan tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi. 117 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning oilalari va yaqinlari bagʻriga qaytishiga yordam beriladi, ijtimoiy hayotga moslashib, ishga joylashishda koʻmak beriladi. Ular sogʻlom turmush tarzini tanlab, jamiyatda munosib oʻrin topishlari darkor.