Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

Ayollarni pillachilikka oʻqitib, mavsumiy ish bilan ta’minlaydilar

31.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.01.2025 yildagi "Pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-46-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 03.05.2024 yildagi PF-72-son Farmoniga muvofiq 2027 yilga qadar pillachilik sohasida mavsumiy bandlikni 2 million kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi pillachilik klasterlari bilan birgalikda ishsiz ayollarni ipak qurti yetishtirish agroteхnikasi va uni qayta ishlash koʻnikmalarini oʻrgatish kurslariga jalb qilmoqda.

 

Bunda ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslarning bandligi 105 ming gektar yer maydonida yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va dalalar chetiga yangi tut koʻchatlarini ekish hisobidan ustuvor tartibda ta’minlanadi.

 

Oʻquv kurslarini videokonferensaloqa orqali oʻtkazishda ishtirok etish uchun Xitoy, Vyetnam, Hindiston, Yaponiyadan pillachilik mutaхassislarini taklif etish rejalashtirilmoqda.

 

Pillachilik sohasida band boʻlgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar "yangiish.mehnat.uz" platformasiga kiritiladi. Shu yerda kurslarda ta’lim olgan va doimiy hamda mavsumiy ishga qabul qilingan ayollar soni hisobga olinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:   

  • Ayollarni pillachilik boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitish va sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari;                                          
  • Ayollarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 30.012025 yil  kuchga kirgan.

 

                                         Lola Abduazimova