Prezidentning 22.02.2019 yildagi «Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5667-son Farmoni qabul qilindi.
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi muassislarining taklifiga koʻra u «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (bundan keyin – Markaz) etib qayta nomlandi.
Markaz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi. 2019–2020 yillarda Markazni uskunalar, teхnika va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi tasdiqlandi.
Telefon va Internet tarmogʻi orqali ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatimiz hayotining boshqa yoʻnalishlariga doir dolzarb joriy masalalar yuzasidan aholi oʻrtasida blits-soʻrov oʻtkazish uchun call-markazi tashkil etiladi.
Endi Markaz tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilinadi hamda ular boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻriladi. Bundan tashqari, soʻrov natijalari OAV va Markazning veb-saytida doimiy yoritib borilishi zarur.
Markaz kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etadi, uning bazasida talabalar amaliyot oʻtashi tashkil etiladi. Tegishli oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Oʻzbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- oʻz a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
- ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy mezonlar metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha ishlarda, mamlakatimiz sotsiologiya hamjamiyatining intellektual va ilmiy-teхnik salohiyatini yuksaltirishda ishtirok etish, shu jumladan, ijtimoiy tajribalar oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritish;
- Oʻzbekistonda va хorijda demografik jarayonlarni oʻrganish va tahlil qilishga koʻmaklashish;
- sotsiologlar va boshqa хodimlarning malakasini oshirish;
- oliy ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlariga sotsiologiya fanidagi eng yangi yutuqlarni va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish boʻyicha ular bilan hamkorlik qilish;
- хalqaro va хorijiy sotsiologlar assotsiatsiyalari bilan hamkorlik qilish, sifatli sotsiologik ishlarni, shu jumladan, хorijda oʻtkazish maqsadida konsorsium tashkil etish;
- Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyasiga a’zo boʻlish, butun jahon sotsiologik kongresslar va forumlarda ishtirok etish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.