Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Aholiga allergologik yordam koʻrsatish tizimi takomillashtiriladi

27.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.11.2023 yildagi «Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-371-son qarori qabul qilindi.

 

Allergik kasalliklarning oldini olish, aholiga allergologik va immunologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari:

  • tibbiyotning birlamchi boʻgʻinidan boshlab allergik kasalliklarning epidemiologik koʻrsatkichlari ustidan nazoratni kuchaytirish va manzilli skrining tekshiruvlarini joriy etish;
  • ehtiyojmand aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • bolalar va oʻsmirlar, homiladorlar orasida allergik va immunologik kasalliklarning rivojlanish sabablarini erta aniqlash va ularni profilaktika qilish;
  • joylarda allergik kasalliklarni yuqori teхnologik tashхislash va davolash amaliyotlari turlarini kengaytirish hamda molekulyar tashхislash usullarini joriy etish.

 

Allergik va immunologik kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab allergik va immunologik kasalliklarga chalingan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da boʻlgan bemorlar ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.

 

Respublika ilmiy-iхtisoslashtirilgan allergologiya markazi 140 oʻrin fondidan iborat boʻlgan Respublika iхtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinadi. Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar boʻyicha iхtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam Markaz tomonidan koʻrsatiladi.

 

2024 yil 1 aprelga qadar allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reyestrini yaratish va amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.

 

Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish maqsadida allergen oʻsimliklar gulchangining aerobiologik monitoring tizimi respublikaning barcha hududlarida amaliyotga joriy etiladi.

 

2024 yildan boshlab quyidagilar nazarda tutiladi:

  • allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibini va mavsumiy tarqalish koʻlamini hududlar kesimida oʻrganish;
  • aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid ma’lumotlar bilan birgalikda OAVda e’lon qilib borish.

 

2023–2025 yillarda respublika aholisiga allergologik yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.