Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun kreditlarni qaytarish muddati bir yilga uzaytirildi

25.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2024 yildagi “Ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida”gi 344-son qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 627-son qaroriga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik sub’yektlarini aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni foizsiz depozitga joylashtirishi uchun ajratdi. Ushbu mablagʻlar tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2022 yil 1 iyulga qadar qaytarilishi kerak.

 

Hujjat bilan 627-son VMQga oʻzgartirish kiritilmoqda, unga asosan qaytarish muddati 2025 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.

 

Belgilanishicha, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga likvidli garov ta’minoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, guruch, shakar хomashyosi, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.06.2024 yildan kuchga kirdi.

  

Lola Abduazimova