Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Atamalar komissiyasi oldida qanday vazifalar turibdi

24.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024 yildagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-589-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Uning asosiy vazifalari:

  • yangi ilmiy asoslangan soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish;
  • oʻzbek tiliga kiritilgan yangi atamalarning huquqiy muammolarini oʻrganish;
  • huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilingan ma’nolariga muvofiq bir хilda va toʻgʻri qoʻllanilishini ta’minlash;
  • yangi soʻz va atamalardan foydalanish sohasida boshqa tillar qoidalari tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • respublika ijro hokimiyati markaziy apparatlari va хoʻjalik birlashmalarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

Atamalar komissiyasining ishchi organi - Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti.

 

Shuningdek, respublika ijro hokimiyati markaziy apparatlari va хoʻjalik birlashmalarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi ishchi guruhlarning vazifalari belgilandi. Ular tegishli sohalarda terminologiya rivojlanishi masalalarini tahlil qilib, har olti oyda va yil yakunida Komissiyaga hisobot beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 21 sentyabrdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova