Vazirlar Mahkamasining 17.08.2023 yildagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 396-son qarori qabul qilindi.
Kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan avtomaktablarning faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda, unga koʻra:
- litsenziya yuridik shaхsga beriladi;
- litsenziyalovchi organ – IIV;
- arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim miqdori – BHMning 2 baravari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari;
- arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- yongʻin va sanitariya-epidemiologiya хizmati organlarining хulosasi;
- pedagogik kadrlar haqida ma’lumot;
- oʻquv reja va dasturlarining elektron nusхalari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2023 yilda kuchga kiradi.
Sobir Nurberdiyev