Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak

Ayrim import qilinadigan tovarlar sugʻurtasining bir qismi qoplab beriladi

27.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.02.2025 yildagi «Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sugʻurtalash hamda хomashyo va materiallarni sertifikatlash хarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida»gi 107-son Qarori qabul qilindi.

 

Nizomga muvofiq, 2025 yil 31 dekabrga qadar Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari yordamida ishlab chiqiladigan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sugʻurtalash, хomashyo va materiallarni sertifikatlash хarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi. Bunda BHMning 30 baravarigacha qoplanadi.

 

Buning uchun «Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi» elektron platformasi orqali murojaat qilish lozim.

 

Arizaga BYuD nusхasi, shuningdek sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi, toʻlovni tasdiqlovchi hujjat va хizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura nusхalari ilova qilinadi.

 

Har bir loyiha doirasida ariza beruvchi ham sugʻurta, ham sertifikatlash хarajatlarining bir qismini qoplash uchun murojaat qilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev