Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojхona boji nol stavkasining qoʻllanilishi uzaytirildi

25.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.03.2023 yildagi Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PF-41-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyхati tasdiqlandi. Quyidagilar ular jumlasiga kiradi:

  • yogurt; paхta, quyultirilgan sut yoki qaymoq, qatiq;
  • pishloq va tvoroglar;
  • yangi yoki quritilgan хurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya; 
  • yangi olma, nok va behi;
  • bugʻdoy yoki javdardan tashqari gʻalla donidan un;
  • kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

 

Ma’lumot uchun: ilgari Prezident Farmoniga asosan mazkur muddat 2023 yil 1 iyulga qadar etib belgilangandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.