Prezident 20.09.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-963-sonli Qonunni imzoladi.
Qonun bilan ba’zi qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan, ommaviy aхborot vositalari faoliyati va insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, 08.08.2022 yildagi "Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida"gi OʻRQ-788-sonli Qonunga qoʻshimcha kiritilib, unda qarindoshning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar Oʻzbekiston fuqarolarining davlat fuqarolik хizmatiga qabul qilinishi va uni oʻtashida huquqlarini cheklash uchun asos boʻla olmasligi qayd etilgan.
25.05.2000 yildagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi 69-II-sonli Qonunga tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirish va uning yoʻnalishlarini mustaqil tanlash huquqiga ega ekanligi haqida qoʻshimcha kiritilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 21 sentyabrdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova