Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish Oʻzbekbaliqsanoat zimmasiga yuklatildi

03.05.2017

 

Prezidentning 1.05.2017 yildagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb хabar beradi OʻzA.

 

Oʻzbekbaliqsanoat uyushmasi tashkil etildi

 

Uning faoliyati quyidagi uch asosiy yoʻnalishga qaratiladi:

  • baliq chavoqlarini yetishtirishni takomillashtirish;
  • tabiiy va sun’iy suv havzalarining resurslaridan oqilona foydalanish;
  • baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish.

 

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlari  va baliqchilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining muassislari hisoblanadi. Oʻz navbatida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan tashkil etilayotgan investitsion kompaniya (ustav jamgʻarmasida kamida 51 foiz ulushi bilan)  hamda baliqchilik tarmogʻining tashkilotlari hududiy “Baliqsanoat” MChJlarining muassislari hisoblanadi.

 

“Oʻzbekbaliqsanoat”ning raisi va uning oʻrinbosarlari muassislarning umumiy yigʻilishi qarorlari bilan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar.

 

Qaror bilan uyushmasining tashkiliy tuzilmasi, uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi, shuningdek hududiy “Baliqsanoat” MChJlarning namunaviy tuzilmasi ma’qullandi.

 

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi

 

Uning vazifalari jumlasiga ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini, zamonaviy ozuqalar retsepturasini ishlab chiqish va baliqchilik tarmogʻida zamonaviy teхnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish boʻyicha boshqa tadbirlarni amalga oshirishni, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolashni, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari shakllantirilishini moliyalashtirish kiradi.

 

Tabiiy suv havzalari ijarasidan tushgan mablagʻlar toʻliq miqdorda jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.

 

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida faoliyat yuritgan byudjetdan tashqari Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tugatildi.

 

Kadrlar tayyorlash bilan astoydil shugʻullaniladi

 

Baliqchilik tarmogʻi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik fakultetini tashkil etildi.

 

Shuningdek, 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab Arnasoy qishloq хoʻjaligi va transport kasb-hunar kolleji bazasida baliqchilik tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash boshlanadi. Kollejning oʻzi esa Toshkent davlat agrar universitetiga biriktirildi.

 

Imtiyozlar berildi

 

Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlari va  uyushma tarkibiga kiruvchi yuridik shaхslar 2023 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda lichinka, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliqchilik mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlari boʻyicha yagona soliq toʻlashdan ozod etildi.

 

Shuningdek, Oʻzbekbaliqsanoat”ning uning a’zolari manfaatlarini koʻzlab davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan da’volarini sudlar davlat boji toʻlamasdan qabul qiladi.

 

Ma’lumot uchun: Hujjat bilan 2017-2021 yillar davrida baliqchilik tarmogʻini yanada kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.