Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 905-6, 29.08.2019 yil).
Xususan, yil davomida kredit siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Kredit siyosatining aksariyat – 50%dan kam boʻlmagan qismiga oʻzgartirishlar kiritilsa, bunda hujjatni yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq boʻladi.
Kredit siyosati, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoki yangi tahriri tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak. Bank Kengashi kredit siyosatiga oʻzgartirishlar kiritish zarurati mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, MBga ushbu qaror rasmiylashtirilgan bayonnomadan koʻchirma yuboriladi. Bunga ham 15 kun muddat beriladi.
Bundan tashqari, kredit siyosatida Prezidentning 2019 yil 23 iyuldagi PQ-4400-son qarori bilan kiritilgan taqiqlar aks ettirilishi lozim. Eslatib oʻtamiz, unda jismoniy shaхslarga хorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar boʻyicha ularning majburiyatlarini хorijiy valyutada hisobga olish, shuningdek ilgari olingan kreditlar boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda yangi mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi, deb aytilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.08.2019 yildan kuchga kirdi.