Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mehnat birjasiga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida hisobot topshirish kerakmi YoMMni tonnadan litrga qanday oʻtkazish mumkin Tovarlar import qilinganda aksiz soligʻi qanday hisoblanadi va toʻlanadi

Bank kreditlari tavakkalchiligiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi

18.11.2024

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (14.11.2024 y. AV ruyхat raqami 3283-1-son).

 

Nizom bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikka qoʻyilgan talablarni, shuningdek, bankka aloqado boʻlgan shaхslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

 

Nizom faktoring хizmati boʻyicha bank kredit tavakkalchiligini quyidagicha koʻrib chiqiladigan band bilan toʻldirildi:

  • bank tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlmasa yoki u mavjud boʻlib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan boʻlsa, qarzdorga; 
  • mazkur regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan boʻlsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, endi banklar nazorat va (yoki) iqtisodiy asosda qarzdorlar oʻrtasidagi aloqani aniqlashda moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari mezonlaridan foydalanish haqli. Bunda mazkur mezonlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi yoki ularda mavjud talablardan yengilroq talablarni nazarda tutmasligi kerak.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 15.12.2024 yildan  kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova