Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi

19.11.2024

Rus tilida oʻqish

15.11.2024 yildagi OʻRQ-1000-sonli Qonun bilan Soliq kodeksiga barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarini ragʻbatlantirish choralarini joriy etishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarish (QQS bundan mustasno) uch kunlik muddatda amalga oshiriladi.

 

Reyting boʻyicha "AAA" toifasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga QQS summalarini qoplash tekshiruvlar oʻtkazmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova