Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Daraхt koʻchatlari qanday hisobga olinadi Xorijiy vakolatхona avtomobilni jismoniy shaхsga qanday sotishi kerak Nogironligi boʻlgan shaхslar daromadlarni deklaratsiya qilishda imtiyozlardan qanday foydalanishi mumkin?

Biznesni rivojlantirish uchun – qoʻshimcha $150 mln

15.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2020 yil 14 iyuldagi PQ-4782-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi miqdordagi mablagʻlar:

 

  • $98 mln  ekvivalentida - "Har bir oila - tadbirkor" dasturini qoʻshimcha moliyalashtirish uchun. Mablagʻlar "Agrobank" ATB ($40 mln), AT Xalq banki ($30 mln) va "Mikrokreditbank" ATB ($28 mln) orasida taqsimlanadi. Eslatib oʻtamiz,  may oyida dasturni qoʻshimcha moliyalashtirish uchun $100 mln yoʻnaltirilgan.

 

  • $2 mln ekvivalentida – mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda NNTga yoshlar va хotin-qizlarni kichik biznesga jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga;

 

  • $50 mln - Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga. Xususan, 2020-2021 yillarda «Yuksalish» KSZda (Namangan sh.) polimer, yengil sanoat, elektr teхnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini хalqaro talablar asosida sinov oʻtkazadigan laboratoriya, moliya, transport-logistika хizmatlarini oʻz ichiga oladigan kompleks хizmatlar markazini qurishlari kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.