«Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi (26.02.2019 yilda 3022-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).
Eslatib oʻtamiz, dastur mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir hududlarda amalga oshiriladi (7.06.2018 yildagi PQ–3777-son qaror va sharhga qarang). Shu jumladan, unda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun (150 EKIHgacha), kichik biznes sub’yektlariga (1 000 EKIHgacha) imtiyozli kreditlar ajratish va tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish (1 000 EKIHdan ortiq) nazarda tutilgan.
Bunday kreditlarni rasmiylashtirishning aniq shartlari (muddati, imtiyozli davri, foiz stavkasi) va tartibi (zarur hujjatlar paketi va ularning koʻrib chiqilishi, kredit ta’minoti va h.k.) alohida Nizomda qayd etilgan. Havola orqali oʻtib, uning sharhi bilan tanishish mumkin.
Tuzatishlar bilan dastur doirasida banklar ajratadigan kreditlarning foiz stavkasi yillik 7%dan 8%gacha oshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.