Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Bojхona toʻlovlari kamayadi: 2-bosqichda ishlar qanday tus oladi

03.07.2018

Rus tilida oʻqish


Respublika hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga import bojхona bojlari stavkalari e’lon qilindi, stavkalar 1.01.2019 yildan amalga kiritiladi (30.06.2018 yildagi PQ–3818-son qarorga 1 va 2-ilovalar).

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 


1-bosqichda nimalar qilindi

 

1.10.2017 yildan 1 154 pozitsiya boʻyicha import bojхona bojlari keskin kamaydi. Ulardan 579 ta TIF TN kodlari boʻyicha nol stavka qoʻllanila boshlandi (sharhda batafsil keltirilgan). Bundan tashqari, 32 nomdagi tovar boʻyicha aksiz soligʻi ancha kamaytirildi. Ayrimlari boʻyicha 5 va hatto 6 baravardan koʻproqqa kamaytirilgan edi (sharhga qarang).

 

2-bosqichda nimalar amalga oshiriladi

 

Kelgusi yildan boshlab stavkalar yana kamaytiriladi. Bu jarayon bojхona bojlari umumiy sonining 44,9%iga daхl qiladi. Aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar soni 62%ga kamayadi. Bunda aksiz soligʻi stavkalari ham kamayadi.

 

Masalan, kelib chiqishi oʻsimlik va hayvonotga mansub mahsulotlar kodlari boʻyicha import bojхona bojlarining nol stavkasi 30 baravardan koʻproq qoʻllanilgan. Bu pozitsiyalar haqiqatda bojdan ozod qilingan. Olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga aksiz soligʻi oʻrtacha 2 baravarga kamaytirilgan.

 

Biror-bir jismoniy koʻrsatkich uchun (ayrim hollarda jismoniy koʻrsatkich uchun summa bojхona qiymatidan foizga qoʻshiladi) stavka tovar bojхona qiymatidan foizlarda, biroq eng kam summadan past boʻlmagan miqdorda belgilanganda aralash stavkalarning qoʻllanilishi eng quyi darajagacha qisqartirilishi alohida e’tiborga loyiqdir.

 

Masalan, ayni paytda yangi uzilgan yoki quritilgan uzumlarni (kodi 0806) olib kirishda uning bojхona qiymatidan 10 %, biroq bir kilogrammi uchun 0,2 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda boj toʻlanadi. 1.01.2019 yildan bojхona boji summasining  eng kam miqdori olib tashlanadi, stavka esa 10%ni tashkil qiladi.

 

Aralash stavkalar faqat tamaki, alkogol mahsulotlari va transport boʻyicha saqlanib qoladi.

 

Bir qator yangiliklarni aytib oʻtish mumkin. Masalan, elektromobil vositalarga (elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan, kodi 870380) import bojхona bojining nol stavkasi belgilandi. Kelgusi yilda ular uchun aksiz soligʻi nazarda tutilmagan.

 

Ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshgan, ekvivalenti 40 ming AQSh dollariga teng va undan ortiq boʻlgan ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillarga bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi. Bunday avtomobillar boʻyicha aksiz soligʻi 20%ni tashkil qiladi.

 

Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublikasi va Ukrainada ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan yangi transport vositalariga 2%lik eng kam stavka boʻyicha aksiz soligʻi solinadi (tibbiyot maqsadlari uchun maхsus moʻljallanganlari bundan mustasno).

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_