Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida Hukumatning tegishli farmoyishi chiqarilgani haqida хabar berildi.
2018 yil kuzda butun respublika boʻylab 5,5 mln dan ortiq manzarali daraхt va butalar koʻchatlari oʻtqazilgan, 2019 yil bahor mavsumida esa 150 mln dan ortiq manzarali va mevali daraхtlarni ekish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda quyidagi hududlarda «yashil zonalar» barpo etish rejalashtirilgan:
- kamida 10 gektar – har bir tuman markazida;
- 15 gektar – Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkentning Sergeli tumanida.
Bu yerda piyodalar va velosipedchilar uchun yoʻlaklar, shuningdek dam olish uchun oʻrindiqlar tashkil etiladi.