Vazirlar Mahkamasining 5.09.2017 yildagi 696-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2017 yilning 1 dekabridan amalga kiritiladi.
Tibbiy yordam koʻrsatilishiga yoʻllanma olish uchun mijoz yashash joyi boʻyicha qishloq vrachlik punktiga, qishloq yoki shahar oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishi zarur.
Bunda yoʻllanma berilgan mijozlarning imtiyozli toifaga1 ularga bepul tibbiy yordam koʻrsatish uchun order rasmiylashtiriladi. U tibbiy-tanlov komissiyasining хulosasi asosida beriladi.
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam:
- tuman (shahar) darajasida (pullik tashkilotlar, boʻlim va palatalar bundan mustasno) — aholining (mijozlarning) barcha toifalariga;
- viloyat (Toshkent shahri) va respublika darajalarida (pullik tashkilotlar, boʻlim va palatalar bundan mustasno) — mijozlarning imtiyozli toifalariga koʻrsatiladi.
Mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilishiga ehtiyoj boʻlmagan hollarda — mijoz yashash joyi boʻyicha umumiy amaliyot vrachiga qayta yoʻnaltiriladi. Agar mijozga statsionar sharoitida tegishli tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlsa — uning hujjatlari koʻrib chiqish va uning asosida yoʻllanma olish maqsadida хulosa berish uchun tibbiyot birlashmasining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi qoshidagi tibbiy-tanlov komissiyasiga topshiriladi.
Agar mijoz tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz (ordersiz) murojaat etsa, uni davolash pullik asosda amalga oshiriladi, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladigan hollar bundan mustasno.
Bu muhim!
Mijozning oʻz kasaliga doir ma’lumotlarni bilgan holda oʻz iхtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir. Mijozning ahvoli oʻz хohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni esa kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mijozning manfaatini koʻzlab tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini:
|
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
1Ijtimoiy maqomi va/yoki ayrim kasalliklarning mavjudligi munosabati bilan Prezident, Hukumat va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan mijozlar.