Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasida yangi organ tashkil etildi (22.02.2019 yildagi PQ–4204-son qarorga qarang).
Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklandi:
- respublikada choʻllanishning oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Oʻzbekistonning хalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek ushbu masalalar boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;
- Oʻzbekistonda choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
- Qattiq qurgʻoqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) choʻlga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada choʻlga aylanib borishlarga qarshi kurash boʻyicha BMT Konvensiyasi (Parijda 17.06.1994 yilda qabul qilingan, 26.12.1996 yilda kuchga kirgan) talablarini bajarish doirasida Oʻzbekistonning milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish.
Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tuzilmasida Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etildi. Qoʻmitaga 2 oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish boʻyicha 2019–2023 yillarga moʻljallangan «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish ham topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Oliy Majlisning 31.08.1995 yildagi 125-1-son qarori bilan Oʻzbekiston yuqorida koʻrsatilgan Konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Prezident qarori esa respublika hududining 70%i yoki 31,4 mln ga tabiiy shoʻrlanishga, qum koʻchkilari, changli boʻronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil maydonlardan iborat ekanligi sababli qabul qilindi. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum choʻli vujudga kelgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin.