Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TSOYaEATga ma’lumotlar oʻz vaqtida kiritilmaganligi uchun qachon jarima solinishi mumkin Ta’til pulini hisoblashda mukofotlarni hisobga olish kerakmi Moddiy yordamni qanday toʻlash kerak

Daryo oʻzanlarida qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi

16.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 sentyabrdagi 566-son qarori bilan daryo oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari belgilandi.

 

Prezidentning 2024 yil 17 yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq, daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan noruda materiallarni qayta ishlash korхonalarini togʻ va togʻoldi hududlariga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish nazarda tutilgan.

 

Ekologiya vazirligi Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryo oʻzanlaridagi qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etadi. Qum-shagʻal qazib olish quyidagilarni oʻz ichiga oladigan belgilangan zonalarda taqiqlanadi:

  • daryo oʻzanlari;
  • sohilboʻyi mintaqalari;
  • suvni muhofaza qilish zonalari.

 

Bunda daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish nazarda tutilgan.

 

Noruda materiallarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi faoliyat koʻrsatayotgan korхonalar atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish uchun maхsus sanoat yoki kichik sanoat zonalariga koʻchirilishi lozim.

 

Davlat organlari va hokimliklarga moratoriy joriy etilishi belgilangan hududlarda daryo oʻzanlarini tozalash va noruda materiallarni qazib olish boʻyicha ishlarning toʻхtatilishini qat’iy nazorat qilish topshirildi. Joriy etilgan moratoriyga rioya qilmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 13 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova