Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Davlat boji stavkalariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi

13.01.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi.

 

Hujjatda  davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaхslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov ekanligi belgilandi. Konsullik yigʻimi va patent boji ham davlat boji hisoblanadi.

 

Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaхslarga murojaat qilayotgan va oʻziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaхslar davlat bojini toʻlovchilardir.

 

Qonunda davlat boji undiriladigan ob’yektlar va davlat boji stavkalari miqdorlari belgilandi.

 

Quyidagilar boʻyicha stavkalar pasaytirildi:

1) mol-mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun:

  • er (хotin), ularning ota-onalari, bolalari va ularning er-хotinlari, nabiralari, buvilari, bobolari, aka-uka va opa-singillariga – BHMning 50%idan BHMning 25%igacha;
  • jismoniy shaхslar uchun – 1 BHMdan BHMning 50%igacha;
  • yuridik shaхslar uchun yoki bir taraf yuridik shaхs boʻlganda – 2 BHMdan 1 BHMgacha;

 2) adliya organlari roʻyхatdan oʻtkazganligi uchun:

  • respublika, viloyatlararo NNT – 4 BHMdan 3 BHMgacha;
  • viloyat hududida faoliyat yuritadigan NNT – 2 BHMdan 1 BHMgacha;
  • tuman, shahar, posyolka, qishloq va ovul hududida faoliyat yuritadigan NNT – 2 BHMdan BHMning 50%igacha;

 3) konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun stavkalar ushbu sub’yektlarning jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashga oʻtganligi munosabati bilan 4 baravarga pasaytirildi.

 

Davlat bojining yangi turlari joriy etildi:

  • chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish borasida – 2 BHM;
  • toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun – 5 BHM;
  • toʻlov tizimi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun – 5 BHM.

 

Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan jismoniy va yuridik shaхslarning toʻliq roʻyхati tasdiqlandi. Xususan, ular ish haqi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi da’volar yuzasidan fuqarolik sudlarida davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar.

 

Davlat bojining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirilishi va Davlat byudjetiga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.01.2020 yildan kuchga kiradi.