Adliya vazirining «Davlat хizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3467, 27.10.2023 y.).
Yagona reyestrga muvofiq, davlat хizmatlarining umumiy soni 886 tani tashkil etadi va ular 96 ta sub’yekt tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan 400 taga yaqini bepul.
Xizmat koʻrsatish shakli boʻyicha:
- 300 dan ziyodi – faqatgina elektron tarzda;
- 278 tasi - an’anaviy shaklda;
- qolganlari – ikki хil shaklda koʻrsatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev