Bu Prezidentning 29.07.2017 yildagi PQ-3162-son qaroridan kelib chiqadi. Uning matni davlat rahbari saytida e’lon qilingan.
Xususan, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori lavozimi tugatildi.
Jamgʻarma ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga Davlat sport qoʻmitasi raisi taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.