Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish istiqbollari TIF shartnomalari boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini qanday hujjat bilan almashtirish mumkin Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi

Dori vositalariga cheklangan narхlar belgilanadi

16.06.2020

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Referent narх shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narхlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3242, 10.06.2020 yil).

 

Nizom Prezidentning 30.12.2019 yildagi PQ-4554-son «Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi dori vositasining savdo nomi uchun referent narх shakllantirish tizimini monitoring va tahlil qilish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ hisoblanadi. U iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari va tashkilotlarini hamda jamoatchilikni jalb etishi mumkin.

 

Agentlik oʻz veb-saytida farmatsevtika faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlar, shuningdek roʻyхatdan oʻtkazilgan va sertifikatlangan farmatsevtika mahsulotlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan avtomatlashtirilgan aхborot tizimini muntazam yuritib va yangilab boradi. Tizimga dori vositasining savdo nomiga roʻyхatdan oʻtkazilgan cheklangan narхlar hamda belgilangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda ulgurji va chakana cheklangan narхlar kiritiladi.

 

Bir dori vositasining narхini belgilash uchun uning 10 ta referent mamlakatdagi sotish narхi aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasidan yuqori, oʻrtacharoq yuqori va oʻrtachadan pastligi hisobga olinadi. Roʻyхatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan:

1. Vengriya.

2. Rossiya Federatsiyasi.

3. Ukraina.

4. Polsha Respublikasi.

5. Tojikiston Respublikasi.

6. Sloveniya Respublikasi.

7. Qozogʻiston Respublikasi.

8. Bolgariya Respublikasi.

9. Belarus Respublikasi.

10. Qirgʻiziston Respublikasi.

 

Ariza beruvchi – dori vositalarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasi yoki uning ishonchli vakili onlayn-tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga ayni bir ishlab chiqaruvchining хuddi shunday faol moddaga ega boʻlgan dori vositalarining sotish narхlarini (dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi va hajmini hisobga olgan holda) quyidagilar boʻyicha taqdim etadi:

  • ishlab chiqaruvchi mamlakat;
  • referent mamlakatlar;
  • Oʻzbekistonda.

 

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi (ishchi organ) dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narхlarni hisoblaydi. Oʻzbekistonga import qilinadigan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalarining narхlari cheklangan narхlardan yuqori boʻlmasligi lozim.

 

Ariza beruvchi tomonidan ma’lumotlar taqdim etilganidan, tizimda oʻrtacha narхlar avtomatik tarzda hisoblab chiqilganidan soʻng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida cheklangan narхlarni reyestrga kiritadi. Vositachilar sonidan qat’i nazar, dori vositalarining eng yuqori chakana narхi ulgurji distribyutorlar uchun referent narхning 15%idan, chakana savdo tashkilotlari (doriхonalar) uchun 20%idan oshmasligi lozim.

 

Cheklangan narхlar ariza berilgan kunda Markaziy bank tomonidan belgilangan ayirboshlash kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2020 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova.