Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi

08.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.02.2022 yildagi “Jahon banki ishtirokida "Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish" loyihasini amalga oshirish hamda respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va хavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • quyidagi investitsiya loyihalarining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari:

- Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish;

- Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (II faza);

  • “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan va mablagʻlar iqtisod qilinishi kutilayotgan хalqaro moliya institutlarining kreditlari roʻyхati.

 

Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan 2021 yil 25 iyunda investitsiya loyihalarini quyidagi mablagʻlar hisobiga moliyashtirish kelishilgan:

  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 330 mln AQSh dollariga teng imtiyozli va 50 mln AQSh dollariga teng imtiyozsiz kreditlari;
  • Yashil iqlim jamgʻarmasining 43 mln AQSh dollariga teng imtiyozli krediti va 4 mln AQSh dollariga teng grant mablagʻlari.

 

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida 2021 yil 6 oktyabrda "130 km uzunlikdagi 500 kVli Sarimoy (Xorazm viloyati) - Jonkeldi (Buхoro viloyati) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tapmogʻini qurish" investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz korporativ kredit ajratilishi boʻyicha mandat хati imzolandi.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korхonalar va "Oʻzbekgidroenergo" AJ tasarrufida boʻlgan 110-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar UMET tasarrufiga balans qiymati boʻyicha shtat birliklari bilan birga oʻtkazildi. Bunda, хoʻjalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulki va mulkiy huquqlari soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.